Mamlakat yoki mintaqangizni tanlang: Joriy saytda qolish Boshqa saytni tanlang

logo

我的荣耀 开启荣耀之旅

打开
App 内打开
Zo'r. Haqiqatan ham zo'r.
Ekran va korpus shikastlanishdan himoya
Ekran va korpus shikastlanishdan himoya
*5G tarmoq standarti mahalliy aloqa operatorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi mumkin va barcha hududlarda mavjud bo‘lmasligi mumkin.
*Ushbu aksiyadan 25.11.2024 dan 25.11.2025 gacha bo‘lgan davrda smartfon sotib olgan mijozlar foydalanishlari mumkin. Jihoz xarid qilingan kundan boshlab 12 oy davomida shikastlangan taqdirda, orqa korpus yoki ekran bepul almashtirib beriladi.
*Ehtiyot qism (orqa korpus yoki ekran) bepul taqdim etiladi, iste’molchi faqat servis xizmatlari uchun ish haqqi to‘lovini amalga oshiradi- 250 000 UZS.
*Mahsulot tasvirlari illyustratsiya sifatida ishlatilgan. Haqiqiy xususiyatlar (jumladan tashqi ko‘rinishi va rangi) farq qilishi mumkin.
SparePrice SparePrice

I. Kafolat

365 kun davomida ekran va orqa korpusni bepul almashtirish xizmati
Ekran va orqa korpusning tasodifiy shikastlanishi holatida, xarid qilingan kundan boshlab 1 yil ichida, faqat servis xizmatlari uchun to‘lovni amalga holda, siz bir martalik hakkıngizdan foydalanib, sindirilgan ekran va orqa korpusni maxsus narxda almashtirishingiz mumkin.

II. Shart va nizomlar

Aksiya"Ekran va korpusni shikastlanishlardan himoya qilish"
Mamlakat: O'zbekistan Respublikasi (O'zR)
Aksiya amal qilish muddati: 25.11.2024 dan 25.11.2025 yilgacha.

“Shikastlangan taqdirda ekranni bepul almashtirish” aksiyasi shartlari.
1. “Shikastlangan taqdirda ekranni bepul almashtirish” aksiyasining (keyingi o‘rinlarda — Aksiya) tashkilotchisi HONOR Information Technology Co., Limited kompaniyasi hisoblanadi (Suite 1701, 17F, K11 Atelier, 18 Salisbury Road, Tsim Sha Tsui, Hong Kong; ro‘yxatga olish raqami: 2998419) (keyingi o‘rinlarda — Tashkilotchi).
1.1. Aksiya faqat HONOR savdo belgisi ostidagi quyidagi smartfon modellari uchun amal qiladi: HONOR X9c 5G (5109BMFQ), HONOR X9c 5G (5109BMFS), HONOR X9c 5G (5109BMFJ), HONOR X9c 5G (5109BMFL), HONOR X9c 5G (5109BMFN), HONOR X9c Smart (5109BMXC), HONOR X9c Smart (5109BMXE), HONOR X9c Smart (5109BPSH). Ushbu qurilmalar O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish uchun ishlab chiqarilgan, import qilingan va sertifikatlangan bo‘lishi kerak.
1.2. Aksiyani o‘tkazish muddati: 25.11.2024 dan 25.11.2025 yilgacha (keyingi o‘rinlarda — Aksiya amal qilish davri).
1.3. Aksiya faqat O‘zbekiston Respublikasi muomala layoqatiga ega fuqarolarular, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari uchun amal qiladi, hamda ular 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak (keyingi o‘rinlarda — Mijoz).
1.4. “Shikastlangan taqdirda ekranni bepul almashtirish” aksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Aksiya) doirasida Tashkilotchi aksiyaning boshlanishidan boshlab qurilmaning kafolat muddati davomida tasodifiy shikastlanish yuz bergan taqdirda ichki yoki tashqi ekranini bepul almashtirishni taklif qiladi. Mijoz ushbu xizmatdan faqat bir marta foydalanishi mumkin. Ehtiyot qism (ekran) bepul taqdim etiladi, mijoz faqat uni almashtirish ish haqini to‘laydi — 250 000 UZS.
1.5. Ushbu Aksiyadan faqat Aksiya davomida smartfon sotib olgan Mijozlar foydalanishi mumkin.
1.6. Xizmat quyidagi hollarda taqdim etilmaydi:
a. qurilmani noto‘g‘ri ishlatish, qasddan mexanik shikastlanish, kafolat plombasining yo‘qligi yoki shikastlanishi, suyuqlik tushishi, yuqori yoki past haroratlar, korroziya, oksidlanish, qurilmaga begona buyumlar, moddalar, hasharotlar kirishi, shuningdek mikroto‘lqin ta’siri natijasida yuzaga kelgan nosozliklar;
b. malakasiz ta’mirlash yoki noriginal ehtiyot qismlarni o‘rnatish natijasida yuzaga kelgan nosozliklar;
c. oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta’minotni modifikatsiya qilish yoki qayta o‘rnatish natijasida yuzaga kelgan nosozliklar, zararlar virusli dasturiy ta’minot yoki uchinchi tomon (norignal) dasturiy ta’minotdan foydalanganlik sababli kelib chiqqan bo‘lsa;
d. normal foydalanish natijasida mahsulotning tabiiy eskirishidan kelib chiqqan nuqsonlar;
e. qurilmaning seriya yoki IMEI raqami o‘zgartirilgan yoki o‘qib bo‘lmaydigan holatda bo‘lsa;
f. shaxsiy ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan qurilma tijorat faoliyatida yoki boshqa, uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri maqsadiga mos bo‘lmagan maqsadlarda ishlatilgan bo‘lsa;
g. noriginal aksessuarlar yoki HONOR kompaniyasi ishlab chiqarmagan boshqa mahsulotlardan foydalanganlik natijasida yuzaga kelgan nosozliklar;
h. qurilma HONOR Device Co., LTD tomonidan ishlab chiqarilmagan bo‘lsa.
2. Xizmat HONORning rasmiy servis markazlarida taqdim etiladi(https://www.honor.com/uz-uz/support/service-centers/).

3. Aksiyadan foydalanish uchun servis markaziga murojaat qilish paytida, Mijoz qurilmani sotib olganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. Shuningdek, servis markazi xodimi qurilmaning faollashtirilgan sanasini ichki tizimda tekshiradi.

4. Servis markazi Aksiya doirasidagi xizmatni taqdim etishni rad etish huquqiga ega.

5. Servis markaziga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli ehtiyot qismlarning yetkazib berilishida kechikish yuzaga kelsa, Aksiya doirasidagi ta’mirlash muddati uzaytirilishi mumkin.

Yuqorida ko‘rsatilgan aksiyaning umumiy qoidalari

1. Mijoz aksiyadan foydalanishi uchun faqat aksiyada ishtirok etuvchi rasmiy servis markaziga shaxsan murojaat qilishi kerak.

2. Aksiyada ishtirok etish orqali Mijoz aksiya jarayonida olingan fotosuratlar reklama maqsadlarida ishlatilishi mumkinligiga rozilik bildiradi.

3. Aksiya servis markazining boshqa aksiyalari bilan qo‘shilmaydi.

4. Tashkilotchi shartlarni oldindan xabar bermasdan o‘zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.

5. Aksiyaga oid barcha nizoli masalalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida hal etiladi.

6. Aksiyada ishtirok etish avtomatik ravishda Mijozlarning ushbu shartlarning barcha qoidalari bilan tanishganligini va ularga to‘liq rozilik bildirganligini anglatadi.

7. Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish va qayta ishlash qoidalari https://agreement.itsec.honor.com/asm/agrFile/getHtmlFile?agrNo=1101&country=uz&branchId=0&langCode=ru-ru#3

8. Har bir Aksiya ishtirokchisi shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligini Aksiya davomiyligi davomida hamda uning tugashidan keyingi 5 (Besh) yil muddatga Tashkilotchiga beradi.

9.1. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash Tashkilotchi tomonidan «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan prinsiplarga va qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

9.2. Tashkilotchi shaxsiy ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni kafolatlaydi. Aksiyaga ishtirokchi tomonidan Aksiyani amalga oshirish maqsadida taqdim etilgan barcha shaxsiy ma’lumotlar Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga va ushbu qoidalardagi kafolatlarga muvofiq saqlanadi va qayta ishlanadi.

9.3. Tashkilotchi quyidagi qoidalarga rioya qilishni o‘z zimmasiga oladi va Aksiyaga ishtirokchiga shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha quyidagi kafolatlarni beradi:
-shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashda O‘zbekiston Respublikasi shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi barcha tegishli talablar, jumladan, «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan operator majburiyatlari va prinsiplarga rioya qilishni ta’minlash;
-shaxsiy ma’lumotlarni faqat Aksiyani amalga oshirish hajmi va maqsadida qayta ishlash. Shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish yoki boshqa turdagi qayta ishlash (masalan, subyektlarni turli mahsulot va xizmatlar haqida xabardor qilish) faqat O‘zbekiston Respublikasi «Shaxsiy ma’lumotlar va ularni himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan hajm va hollarda amalga oshiriladi;
-agar Tashkilotchi Aksiya ishtirokchisiga bo‘lgan majburiyatlarini bajarish maqsadida Aksiya ishtirokchisining shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga uzatishi yoki boshqa tarzda oshkor qilishi zarur bo‘lsa;
-shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida Aksiya ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlarini saqlash, xavfsizligini ta’minlash va maxfiyligini kafolatlash bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olish.
-Aksiya ishtirokchisining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash jarayonida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq ularning xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlash va muhofaza qilish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

9.4. Aksiyada ishtirok etish avtomatik ravishda ishtirokchilarning qoidalar bilan tanishganligini va ularning barcha bandlariga to‘liq rozilik bildirganligini anglatadi."

"Aksiyaga oid barcha tortishuvli masalalar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi asosida tartibga solinadi."

Qo‘shimcha yordam

Ishonch telefoni orqali qo'llab-quvvatlash
Ishonch telefoni: +998 78 147 16 77
Elektron pochta orqali qo'llab-quvvatlash
Qo‘shimcha yordam Qo‘shimcha yordam