Kafolat shartlari

Smartfonlar / Planshetlar / Noutbuklar / Aqlli soatlar / Aqlli bilakuzuklar / Simsiz quloqchinlar

1.“Honor Device Co., LTD” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida sotishga mo‘ljallangan qurilmalarga quyidagi kafolat muddati belgilanadi:

Smartfonlar / Planshetlar. Asosiy mahsulot va ichki batareya – 12 (o‘n ikki) oy, olinadigan batareya (agar mavjud bo‘lsa) va asosiy mahsulot to‘plamiga kiradigan zaryadlovchi qurilma – 12 (o‘n ikki) oy, boshqa aksessuarlar (shu jumladan, kabellar, quloqchinlar, o‘tkazgichlar) – 12 (o‘n ikki) oy. Shu bilan birga, mazkur butlovchi qismlar almashtirilgan taqdirda ularga yangi kafolat muddati o‘rnatilmaydi. Ushbu kafolat faqat ishlab chiqaruvchi aybi bilan yuzaga kelgan nuqsonlarga tatbiq etiladi.

Noutbuklar. Asosiy mahsulot va batareya – 12 (o‘n ikki) oy, boshqa aksessuarlar (shu jumladan, kabellar, zaryadlovchi qurilma) – 12 (o‘n ikki) oy. Almashtirilgan butlovchi qismlar uchun yangi kafolat muddati o‘rnatilmaydi. Ushbu kafolat faqat ishlab chiqaruvchi aybi bilan yuzaga kelgan nuqsonlarga tatbiq etiladi. Kafolat dasturiy ta’minotga tatbiq etilmaydi, chunki ular alohida litsenziya shartnomalari asosida foydalanuvchilarga taqdim etiladi.

Aqlli soatlar / Aqlli bilakuzuklar / Simsiz quloqchinlar. Kafolat ayrim qurilma modellari uchun belgilanadi. Qurilmangiz kafolatli xizmatga taalluqli yoki yo‘qligini tekshirish uchun https://www.honor.com/uz-uz/support/warranty-query/ havolasiga o‘ting. Kafolatli xizmat ko‘rsatiladigan qurilmalar uchun quyidagi shartlar amal qiladi: asosiy mahsulot va ichki batareya – 12 (o‘n ikki) oy, asosiy mahsulot to‘plamiga kiradigan aksessuarlar (shu jumladan, bilakuzuk tasmalari, kabellar, quloqchinlar, o‘tkazgichlar) – 12 (o‘n ikki) oy. Almashtirilgan butlovchi qismlar uchun yangi kafolat muddati belgilanmaydi. Ushbu kafolat faqat ishlab chiqaruvchi aybi bilan yuzaga kelgan nuqsonlarga tatbiq etiladi.

2. Kafolat muddati yangi mahsulot xarid qilingan kundan boshlab, xarid hujjati (chek) yoki kafolat taloni taqdim etilgan taqdirda kuchga kiradi. Xarid hujjati bo‘lmagan taqdirda kafolat muddati mahsulot ishlab chiqarilgan sanadan hisoblanadi.

3. Ishlab chiqaruvchi asosiy mahsulotning xizmat muddatini – ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 (uch) yil etib belgilaydi, agar foydalanish qoidalari bajarilgan bo‘lsa. Xizmat muddati tugagach, mahsulotdan xavfsiz foydalanishni davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar olish uchun Avtorizatsiyalangan Servis Markaziga murojaat qilish tavsiya etiladi.

4. Kafolatli xizmat quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
a) qurilma noto‘g‘ri ishlatilishi, mexanik shikastlanish, kafolat plombasining yo‘qligi yoki shikastlanishi, suyuqlik ta’siri, yuqori yoki past harorat, korroziya, oksidlanish, begona jismlar, moddalar yoki hasharotlar kirishi natijasida nosozlik yuzaga kelgan bo‘lsa;
b) nosozlik malakasiz ta’mirlash, nooriginal ehtiyot qismlarni o‘rnatish oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa;
c) nosozlik dasturiy ta’minotning o‘zgartirilishi yoki qayta o‘rnatilishi, virus dasturlar ta’siri yoki uchinchi tomon (nooriginal) dasturiy ta’minotidan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa;
d) nuqson mahsulotning tabiiy eskirishi natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa (masalan, batareya sig‘imining dastlabkidan 20% kamayishi tabiiy eskirish hisoblanadi);
e) mahsulotning seriya raqami yoki IMEI raqami o‘zgartirilgan yoki o‘qilmaydigan bo‘lsa;
f) mahsulot shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, tijorat faoliyati yoki boshqa mos kelmaydigan maqsadlarda ishlatilgan bo‘lsa;
g) nuqson HONOR tomonidan ishlab chiqarilmagan nooriginal aksessuarlar yoki boshqa mahsulotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa;
h) qurilma “Honor Device Co., LTD” tomonidan ishlab chiqarilmagan bo‘lsa.

5. Mahsulotdan foydalanishni boshlashdan oldin foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomani o‘qib chiqing va unga qat’iy rioya qiling.

6. Kafolat taloni faqat unda aniq va to‘g‘ri ko‘rsatilgan quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lganda haqiqiy hisoblanadi: mahsulot modeli, seriya yoki IMEI raqami, sotuv sanasi, sotuvchi tashkilot muhr va imzosi. Mahsulot modeli va seriya raqami kafolat talonida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos bo‘lishi shart.

7. Avtorizatsiyalangan Servis Markaziga murojaat qilishdan oldin shaxsiy ma’lumotlaringizni zaxiralang va qurilmadan o‘chirib tashlang, qurilma blokirovkasini o‘chiring va Google hisobingizdan chiqib qo‘ying. Honor xizmat ko‘rsatish jarayonida ma’lumotlarning yo‘qolishi uchun javobgar emas.

8. Qurilmangiz kafolatli xizmat ko‘rsatishga taalluqli yoki yo‘qligini tekshirish uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://www.honor.com/uz-uz/support/warranty-query/