HONOR X9e Pro
uchun servis xizmatlari
Xotirjamligingiz uchun qo‘shimcha himoya va servis
Aksiya
365 kun davomida ekranni servis orqali almashtirish
Ekran tasodifan shikastlangan taqdirda, 1 yil davomida singan ekranni bir marta maxsus narxda almashtirish xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Bunda faqat servis xizmati uchun haq to‘laysiz.
Shartlar va qoidalar:
«Ekran shikastlanganda uni bepul almashtirish» aksiyasi
Mamlakat: O‘zbekiston Respublikasi (O‘zR)
Aksiya muddati: 01.10.2026 dan 31.01.2027 gacha
«Ekran shikastlanganda uni bepul almashtirish» aksiyasi shartlari
1. «Ekran shikastlanganda uni bepul almashtirish» aksiyasining (keyingi o‘rinlarda — Aksiya) tashkilotchisi HONOR Information Technology Co., Limited kompaniyasi (Suite 1701, 17F, K11 Atelier, 18 Salisbury Road, Tsim Sha Tsui, Hong Kong; ro‘yxatdan o‘tish raqami: 2998419) (keyingi o‘rinlarda — Tashkilotchi) hisoblanadi.
1.1. Aksiya faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish uchun ishlab chiqarilgan, import qilingan va sertifikatlangan, HONOR savdo belgisiga ega quyidagi modeldagi smartfonlarga nisbatan qo‘llaniladi: HONOR X9e PRO (Borson-N31E, Borson-N31C). Smartfonlar 01.10.2026 dan 31.01.2027 gacha xarid qilingan bo‘lishi kerak.
1.2. Aksiya muddati: 01.10.2026 dan 31.01.2027 gacha (keyingi o‘rinlarda — Aksiya amal qilish muddati).
1.3. Aksiyada faqat O‘zbekiston Respublikasining muomalaga layoqatli fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi, 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan chet el fuqarolari ishtirok etishlari mumkin (keyingi o‘rinlarda — Mijoz).
1.4. «Ekran shikastlanganda uni bepul almashtirish» aksiyasi doirasida Tashkilotchi Aksiya amal qilish muddati davomida ichki yoki tashqi ekran tasodifan shikastlangan taqdirda uni bepul almashtirish xizmatini taqdim etadi. Mijoz ushbu xizmatdan faqat bir marta foydalanishi mumkin. Ehtiyot qism (ekran) bepul taqdim etiladi, Mijoz esa faqat uni almashtirish bo‘yicha xizmat haqini to‘laydi.
1.5. Ushbu Aksiyada Aksiya amal qilish muddati davomida smartfon xarid qilgan Mijozlar ishtirok etishlari mumkin.
1.6. Xizmat quyidagi hollarda taqdim etilmaydi:
a. Agar nosozlik qurilmadan foydalanish qoidalarining buzilishi, qasddan mexanik shikast yetkazilishi, kafolat plombasining mavjud emasligi yoki shikastlanishi, suyuqlik tushishi, yuqori yoki past harorat ta’siri, korroziya, oksidlanish, qurilma ichiga begona jismlar, moddalar yoki hasharotlar tushishi, shuningdek, mikroto‘lqinli nurlanish ta’siri natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa;
b. Agar nosozlik malakasiz ta’mirlash yoki original bo‘lmagan ehtiyot qismlarni o‘rnatish natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa;
c. Agar nosozlik oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta’minotni o‘zgartirish yoki qayta o‘rnatish natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, shuningdek, shikastlanishlar (nuqsonlar) virusli dasturlar ta’siri yoki uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilarining original bo‘lmagan dasturiy ta’minotidan foydalanish oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa;
d. Agar nuqson qurilmadan normal foydalanish natijasidagi tabiiy eskirish bilan bog‘liq bo‘lsa;
e. Agar qurilmaning seriya raqami yoki IMEI raqami o‘zgartirilgan yoxud o‘qib bo‘lmaydigan holatda bo‘lsa;
f. Agar shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan qurilmadan tijorat faoliyatini amalga oshirish yoki uning bevosita maqsadiga mos kelmaydigan boshqa maqsadlarda foydalanilgan bo‘lsa;
g. Agar nuqson HONOR kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilmagan original bo‘lmagan aksessuarlar yoki boshqa qurilmalardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa;
h. Agar qurilma “HONOR Device Co., LTD” tomonidan ishlab chiqarilmagan bo‘lsa;
i. Agar qurilma to‘liq komplektda taqdim etilmagan bo‘lsa.
2. Xizmat HONOR kompaniyasining vakolatli servis markazlarida taqdim etiladi:
https://www.honor.com/uz-uz/support/service-centers
3. Aksiya doirasida servis markaziga murojaat qilganda, Mijoz Qurilma xarid qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. Servis markazi xodimi, shuningdek, ichki tizim orqali Qurilmaning faollashtirilgan sanasini tekshiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan aksiyalarning umumiy shartlari
1. Aksiyada ishtirok etish faqat Mijozning Aksiyada ishtirok etuvchi vakolatli servis markaziga (VSM) shaxsan murojaat qilishi orqali amalga oshiriladi.
2. Aksiyada ishtirok etish orqali Mijoz Aksiya jarayonida olingan fotosuratlardan reklama maqsadlarida foydalanilishiga rozilik bildiradi.
3. Aksiya servis markazining boshqa aksiyalari bilan birlashtirilmaydi.
4. Tashkilotchi oldindan xabardor qilmagan holda Aksiya shartlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5. Aksiyaga oid barcha bahsli masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida tartibga solinadi.
6. Aksiyada ishtirok etish Mijozlarning ushbu Shartlarning barcha qoidalari bilan tanishganligini va ularga to‘liq roziligini avtomatik ravishda anglatadi.
7. Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash to‘g‘risidagi qoidalar: https://lex.uz/docs/4396428
8. Aksiyaning har bir ishtirokchisi tomonidan Tashkilotchiga shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga beriladigan rozilik Aksiya o‘tkaziladigan butun davr mobaynida hamda Aksiya yakunlanganidan keyin 5 (besh) yil davomida amal qiladi.
9.1. Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash Tashkilotchi tomonidan «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonunda nazarda tutilgan tamoyillar va qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
9.2. Tashkilotchi shaxsga doir ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini kafolatlaydi. Aksiya ishtirokchisi tomonidan Aksiyani amalga oshirish maqsadida taqdim etilgan barcha shaxsga doir ma’lumotlar Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga hamda ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan kafolatlarga muvofiq saqlanadi va qayta ishlanadi.
9.3. Tashkilotchi quyidagi qoidalarga rioya qilish majburiyatini oladi hamda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha Aksiya ishtirokchisiga quyidagi kafolatlarni taqdim etadi:
-
Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining barcha tegishli talablariga, shu jumladan «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan tamoyillar, talablar hamda shaxsga doir ma’lumotlar operatorining majburiyatlariga rioya qilgan holda qayta ishlashni ta’minlash;
-
Shaxsga doir ma’lumotlarni faqat Aksiyani amalga oshirish maqsadida va zarur hajmda qayta ishlash. Shaxsga doir ma’lumotlar subyektlarini biror-bir mahsulot yoki xizmatlar haqida xabardor qilish, shuningdek, boshqa har qanday maqsadlarda ulardan foydalanish va qayta ishlashning boshqa turlariga faqat O‘zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma’lumotlar va ularni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilgan hajmda va hollarda yo‘l qo‘yiladi;
-
Agar Tashkilotchi Aksiya ishtirokchisi oldidagi majburiyatlarini bajarish maqsadida uning shaxsga doir ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga uzatishi yoki boshqa shaklda oshkor qilishi zarur bo‘lsa, ushbu harakatlarni O‘zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma’lumotlar va ularni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish;
-
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq Aksiya ishtirokchisining shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlash jarayonida ularning saqlanishi, xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish.
Aksiyaga oid barcha bahsli masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida tartibga solinadi.
Qo‘shimcha yordam